“Yurakda ğam-anduh bilan otam Şri Pranab Mukerji şifokorlarning barça sa'y-harakatlari va barça hindistonliklarning duolariga qaramay vafot etganini sizlarga ma'lum qilaman. Barçangizga minnatdorlik bildiraman!”, deb yozgan Mukerjining öğli.
Hindiston boş vaziri Narendra Modi sobiq prezidentning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. “Hindiston Pranab Mukerjining ölimidan qayğuda. U davlatimizni rivojlantiriş yölida öçmas iz qoldirdi. Ajoyib olim, atoqli davlat arbobi, undan barça siyosatçilar va aholining barça qatlamlari hayratlangan”, deb yozgan Modi tvitterda.
Modi, şuningdek, 2014 yilda boş vazir lavozimini bajarişga kirişganda “Mukerji uni qöllab-quvvatlagani va oq fotiha bergani uçun” uning nomiga minnatdorlik sözlarini bildirgan.
Hindiston OAV xabar berişiça, Mukerji davolanayotgan Dehli şifoxonasida 31 avgust ertalab uning ahvoli yomonlaşgani ma'lum qilingan. Mukerjida öpka infeksiyasi ortida septik şok yuz bergan.
Mukerji şifoxonaga 10 avgustda yotqizilgan, şu kuni uning miyasida trombni olib taşlaş böyiça operatsiya ötkazilgan. Şifoxonada, şuningdek, unda koronavirus borligi aniqlangan. Şifokorlarning ma'lum qilişiça, Mukerjida sönggi kunlar öpka infeksiyasi va buyraklar faoliyati buzilişi rivojlangan.
Pranab Mukerji Hindiston prezidenti lavozimini 2012-2017 yillar davomida egallagan. 2012 yilgi saylovlarda 70 foiz ovoz bilan ğalaba qozongan. U 2017 yilgi saylovlarda iştirok etmagan. Bungaça u Hindiston moliya vaziri, mudofaa vaziri va taşqi işlar vaziri lavozimlarini egallagan.












