Ijtimoiy tarmoqlarda pandemiya şaroitida maktab faoliyatini taşkillaştiriş uçun öqituvçilardan talab etilayotgan turli sanitariya-gigiyena vositalari aks etgan röyxatlar tarqaldi. Xalq ta'limi vazirligi uşbu röyxatlar böyiça rasmiy izoh berdi.

Qayd etilişiça, kuni keça prezident raisligida ötgan umumiy örta ta'lim muassasalarida öquv yiliga tayyorgarlik masalalari böyiça videoselektor yiğilişida mazkur masalalarga alohida töxtalib ötildi. Unda maktablar uçun pirometr va dozatorlar xarid qiliş hamda ularni hududlarga yetkaziş böyiça mutasaddi vazirliklarga topşiriqlar berildi. Maktablarni dezinfeksiya va antiseptik vositalari bilan ta'minlaşga esa viloyat hokimliklari mas'ul etib belgilandi.

Şuningdek, prezidentning “Xalq ta'limini boşqariş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoniga muvofiq xalq ta'limi muassasalarini qöllab-quvvatlaş, xususan tegişli hududda umumta'lim muassasalariga yordam körsatişni taşkil etiş va muvofiqlaştiriş mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oşirilişi belgilangan.

“Şu sababli maktablarda ta'lim jarayonini taşkil etişda qöllaniladigan dezinfeksiya vositalarining birortasi ham öqituvçilar tomonidan xarid qilinmasligini, ota-onalar tomonidan esa faqatgina farzandining sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etişlari uçun tibbiy niqob va şaxsiy antiseptiklar bilan ta'minlanişini ma'lum qilamiz”, - deyiladi izohda.

Qayd etilişiça, pandemiya şaroitida umumta'lim maktablarga pirometr, dezinfeksiya vositalari, dozatorlar hamda antiseptiklar markazlaşgan holatda yetkazib beriladi.

“Hurmatli öqituvçilarimizdan maktablarida bu kabi holat kuzatilayotgan bölsa huquqni muhofaza qiliş organlarga murojaat qilişingizni söraymiz”, - deyilgan XTV ma'lumotida.