Raşid Yusupoviç Röziboyev 1965 yil 1 sentyabrda Xorazm viloyatida tavallud topgan. 1983-1989 yillarda Örta Osiyo meditsina pediatriya institutida ta'lim olgan (hozirgi Toşkent davlat tibbiyot pediatriya instituti). 1989-1992 yillar mobaynida Toşkent va Urganç şahridagi tibbiyot muassasalarida işlagan.

Oliy ta'lim sohasidagi faoliyatini 1992 yildan Birinçi Toşkent tibbiyot instituti Urganç filialida «Anatomiya» kafedrasida katta laborantlikdan boşlagan. 1993-1996 yillarda Birinçi Toşkent tibbiyot instituti aspiranti, assistenti, katta öqituvçi lavozimlarida işlagan. 2002-2005 yillarda I.Ya. Gorbaçevskiy nomidagi Ternopol davlat tibbiyot universitetida «Gospital jarrohlik» kafedrasida doktorant (Ukraina), 2006-2010 yillarda şu kafedrada assistent lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2009 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2010 yilda Toşkent tibbiyot akademiyasi Urganç filialiga qaytib kelgan. 2011-2013 yillarda davolaş fakulteti dekani, 2013 yildan TTA Urganç filiali direktori lavozimida işlab kelmoqda.

– Raşid Yusupoviç, bugungi kunda Xorazm viloyatida koronavirus tarqalişi bilan boğliq vaziyat qanday?

– Xorazm viloyati hududida koronavirus tarqalişini men ikki davrga bölgan bölar edim. Birinçi davri - 16 martda karantin e'lon qilingan kundan may oyining oxirlarigaça bölgan davr, bu vaqtda viloyatda koronavirusga çalingan bemorlar statistikasi faqat xorijdan olib kelingan hamyurtlarimiz orasida karantin zonalarida aniqlangan fuqarolarimiz hisobiga paydo bölardi. Mahalliy aholi orasida koronavirus aniqlanganini eslay olmayman. May oyi davomida karantin zonalarda test natijalariga köra musbat deb topilgan 100 nafarga yaqin fuqarolarda bu kasallik aniqlandi, kasallik simptomatikasi ularda yengil ötib, töliq davolanib Xorazm viloyati yaşil zonaga kirdi. Bu davrdagi bemorlarda kasallikning oğir keçişi yoki asorat qoldirişi umuman kuzatilmadi.

Şundan keyin köplab karantin qoidalari yumşatildi, fuqarolar yana köçada, jamoat transportida va boşka joylarda erkin harakatlana boşladilar. Ikkinçi davr may oyining örtalaridan keyin boşlandi, uzoq masofalarga yuk taşuvçi fuqaromiz xorijdan qaytib kelgaç, oilasi va farzandlarida virus aniqlanib, davolanişga olindi. Şundan keyin voqealar bir-biriga zanjir sifatida boğlanib ketdi, kimdir töyda bölgan, mehmonga borgan, işxonalarda virus tarqalişi va hokazo.

Hozirgi kunda viloyatda koronavirus tarqalişi töliq nazoratga olingan, töğri, iyul oyinig örtalarida öşa «yuqori çöqqi» holati kuzatildi, lekin vaziyat tezda nazoratga olindi. Eng asosiysi, kasallik tarqalişida fuqarolar tomonidan öz-özini nazorat qiliş prinsipi işladi, xalq tezda ahvolni tuşunib yetdi va vaziyat yaxşilaniş tomonga özgardi.