2 sentabr kuni Andijon şahridagi «Barkamol avlod» sport majmuasi va uning atrofidagi öyingohlarda oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlari boşlandi.

Ertalabki soat 6:00dan boşlab talaba böliş maqsadidagi yoşlar test sinovlari topşiriladigan majmuaning kiriş joylariga oqib kela boşladi.

Abituriyentlar imtihonga içki işlar, milliy gvardiya xodimlari tomonidan taqiqlangan buyumlar mavjud emasligi böyiça tekşirilib, zararsizlantiriş yölagidan ötgaç kiritildi.

Test sinovlari oldidan viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov yoşlarga omad tiladi.

Davlat test markazining Andijondagi vakili Nizomiddin Toştemirovning sözlariga köra, birinçi smenada imtihon topşirişi kutilgan 4050 nafar abituriyentdan 229 nafari turli sabablarga köra imtihonga kelmadi.

Nizomiddin Toştemirov

«Abituriyentlar uçun barça şaroitlarni yaratilgan. Ularni quyoş nuri tik tuşmaydigan joylarga ötqazib, tibbiy niqob, qölqop va içimlik suvi bilan ta'minladik. Jarayon davomida bir nafar abituriyentning uyali telefondan foydalanayotgani aniqlanib, imtihondan çetlatildi», – deydi DTM vakili.