23 yoşli havbek mankunianliklar bilan beş yillik şartnomaga imzo çekkan, şartnomada kelişuvni yana bir yilga uzaytiriş imkoniyati közda tutilgan.
Avvalroq OAVda uşbu futbolçi «MYu»da yiliga olti million yevro miqdorida maoş olişi aytilgandi.
Qayd etilişiça, transfer uçun 40 mln yevro tölangan, şuningdek bonuslar közda tutilgan.
«Bunday ajoyib tarixga ega klubga ötgandan söng gapni nimadan boşlaşni ham bilmayapman.
«Ayaks»dagi barçaga minnatdorçilik bildirmoqçiman. Men u yerda ösganman va har doim klub bilan aloqada bölaman. Endi faoliyatimdagi keyingi qadamimni taşlab, yuqori saviyada öynaşga tayyorman. «Mançester Yunayted»dan yuqorisi yöq.
Menga «Old Trafford»dagi atmosfera naqadar ajoyib ekanligini aytişdi, jamoa libosida maydonga tuşişni sabrsizlik bilan kutyapman.
Uşbu jamoada dunyoning eng yaxşi yarimhimoyaçilari bor va men ulardan köp narsa örganişim mumkinligini bilaman. Şuningdek, özim ham jamoaga nimadir bera olaman.Murabbiy bilan uning qaraşlari, klub qaysi yönalişda harakat qilayotgani haqida suhbatlaşgandan keyin nihoyatda hayajondaman. Uşbu loyihaning bir qismi bölişni xohlayman», – deya van de Bekning sözlarini keltiradi klub rasmiy sayti.












