Trampning ta'kidlaşiça, oxirgi vaqtda Bayden omma oldida öziga xos bölmagan tarzda yaxşi çiqiş qilmoqda. AQŞ prezidentining aytişiça, avval Bayden debat va şunga öxşaş tadbirlarda juda yomon iştirok etgan. Şu sababli Tramp saylovlar böyiça raqibi biror tetiklaştiruvçi vosita qabul qilişi haqidagi xulosaga kelgan. Şu munosabat bilan Tramp Baydenga saylovoldi debatlari oldidan birgalikda dopingga tekşiruvdan ötişni taklif qilgan.

Ta'kidlanişiça, Bayden praymerizlar vaqtida 11 ta debatda iştirok etgan. Bu debatlardan oxirgisi Bayden va uning partiya böyiça raqibi Berni Sanders örtasida bölib ötgan. Trampning aytişiça, u Baydenning avvalgi va Sanders bilan ötgan debatlarida katta farq körgan.

“Heç kim uni bu debatlarda ğalaba qozonadi, deb öylamagandi. Çunki uning debatlardagi çiqişlari yomon bölgan. Rostini aytsam, uning eng yaxşi debati Berniga qarşi böldi. U bu debat vaqtida Uinstonom Çerçill böldi, deb aytolmayman-u, biroq bu debatlar avvalgilariga nisbatan yaxşiroq ötdi. U özining avvalgi çiqişlarida nokompetent böla turib, söngra Berniga qarşi birdan normal iştirok etganining sababini bilmayman”, deb aytgan AQŞ prezidenti. 

Avvalroq Tramp öz raqibining aqliy qobiliyatlarini tanqid qilgan. AQŞ prezidenti Baydenni sustkaşlikda ayblagan va uning yoşi kattaligini ta'kidlab ötgan. Bayden noyabrdagi saylovlardan keyin 78 yoşga töladi, Trampning yoşi esa hozirda 74 da. AQŞ prezidentining ta'kidlaşiça, joriy saylovlarda u Demokratik partiya ilgari surgan “eng yomon nomzod”ga qarşi iştirok etadi.