Hujjat Prezidentning 30.12.2019 yildagi «2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi Qonuni ijrosini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4555-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Norma’ning yozişiça, qaror bilan tasdiqlangan Strategiya davlat moliyasi sohasida rejalaştiriladigan va ötkaziladigan islohotlarning aniq maqsad va vazifalari, asosiy yönalişlarini bir hujjatga jamlaydi. Strategiya 2018 yilda PEFA uslubiyati böyiça Jahon banki tomonidan ötkazilgan amaldagi budjet tizimi tahliliga, davlat moliyasini boşqariş samaradorligini baholaş natijalariga, şuningdek Xalqaro valuta jamğarmasining şaffoflik kodeksi doirasida fiskal siyosatning şaffofligini diagnostik baholaş natijalariga asosan işlab çiqilgan.
Özbekistonda davlat moliyasi tizimini takomillaştiriş böyiça bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilgan. Xususan Davlat budjeti Parlament tomonidan tasdiqlangan, «Fuqarolar uçun budjet» naşri çop etilgan, mazkur naşr openbudget.uz axborot portalida joylaştirilgan. Davlat budjeti ijrosi töğrisidagi ma'lumotlar Xalqaro valuta jamğarmasining Davlat moliyaviy statistikasi (GFS) standartlariga muvofiq e'lon qilinadi, mahalliy budjetni şakllantirişda kengaşlar va hokimliklar roli oşirildi.
Strategiyada 2020-2024 yillarda davlat moliyasini boşqariş tizimini yanada takomillaştirişning oltita asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilangan:
- örta muddatli budjet asoslarini işlab çiqiş hamda yillik budjetni şakllantirişning yangi «natijaga yönaltirilgan budjet» tizimini joriy etiş;
- makrofiskal prognozlar işonçliligini ta'minlaş böyiça institutsional salohiyatni va budjet jarayoni iştirokçilarining mas'uliyatini oşiriş;
- budjet mablağlarini taqsimlovçilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oşiriş hamda ularning mas'uliyatini kuçaytiriş;
- fiskal tavakkalçiliklarni baholaş, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritiş hamda ularni samarali boşqariş tizimini joriy etiş;
- budjet hisobi standartlarni unifikatsiya qiliş, içki nazorat va audit tizimini takomillaştiriş orqali moliyaviy intizomni mustahkamlaş, şuningdek budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş;
- budjet ma'lumotlarining oçiqligi, töliqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta'minlaş.











