2020 yilning 3 sentabr kuni soat 10:00da haydovçi, 39 yoşli B.U. boşqaruvida bölgan BMW rusumli avtomaşinasida Namangan viloyati Çust tumani Varzik-Qoraqörğon avtomobil yöli böylab Varzik yönalişining 1-kilometrida harakatlanib ketayotgan bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u şu vaqtda boşqaruvni yöqotib, yölning çap tomonidagi beton tösiqqa urilişi oqibatida avtomaşinada bölgan 2 nafar yölovçi, ya'ni 33 yoşli M.U. va uning qizi voyaga yetmagan 3 yoşli R.U. hodisa joyida vafot etgan, haydovçi va 3 nafar yölovçi turli darajada tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

YTH sodir bölgan joyga tergov-tezkor guruhi çiqib, hodisa joyi közdan keçirilgan.

Holat yuzasidan Çust tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.