Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda haydovchining rulda uxlab qolishi o‘zi va yana 3 nafar yo‘lovchining vafotiga sabab bo‘ldi
YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 4 sentabr kuni soat 05:00larda, Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan 4R 112 “Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan J.M. “Matiz” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan I.O. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Natijada, “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi, 22 yoshli J.M. hamda yo‘lovchisi, 23 yoshli S.X. va “Neksiya” rusumli avtomobil yo‘lovchilari, 45 yoshli I.M., 39 yoshli R.G‘. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etishgan.

“Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi, 33 yoshli I.O. va yo‘lovchilari, 23 yoshli Sh.S., 22 yoshli N.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilganlar.
Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Ma'lum qilinishicha, “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi J.M. bir yil davomida 9 marotaba, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi I.O. 1 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.
“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan charchoq holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025
Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 20.12.2025