«Barselona» forvardi Luis Suares «Yuventus»ga o‘tishga yaqin. Jurnalist Gilem Balagening yozishicha, urugvaylik futbolchi turinliklar bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Uning transferi «Barsa» bilan kelishuvga erishilmayotgani tufayli kechikmoqda. Suaresning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan, futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda o‘yinlarning 60 foizida ishtirok etsa, shartnoma avtomatik ravishda uzaytirilishi ko‘zda tutilgan. Ammo jamoaning yangi bosh murabbiyi Suaresni o‘z rejalariga kiritmagan, 33 yoshli forvard «Barselona» bilan shartnomasini bekor qilishi va erkin agent sifatida yangi klubga o‘tishi ham mumkin. «Yuventus» uning transferi uchun ramziy narx to‘lashga ham tayyor.
Nihoyat «Real» ham transfer bozorida paydo bo‘lmoqda. Madridliklar «Leypsig» hujumkor yarimhimoyachisi Dani Olmo uchun 40 million yevrodan voz kechishga tayyor. Bu haqida Germaniyaning Bild nashri xabar tarqatdi. Nemis klubi Olmoni yanvarda 21 million yevroda Zagrebdan olib kelgandi. Futbolchi Bundesligada 12 o‘yinda qatnashib, 3 gol va 1 assistni amalga oshirdi.

«Chelsi» Kay Haverts tranferini yaqin vaqtlar ichida rasman e'lon qiladi, deb xabar bermoqda Angliyada ancha ishonchli sanalgan The Athletic. Transfer summasi 70 million funt va yana bir qator bonuslarni o‘z ichiga olgan. Shartnoma 2025 yilgacha tuzilgani aytilmoqda. Haverts tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga jo‘nab ketganini shuningdek, Germaniya milliy jamoasi ham rasman ma'lum qildi. Futbolchi Ispaniya bilan o‘yinga milliy jamoaga chaqirilgandi, ammo zaxirada qoldirildi.
«Benevento» «Fiorentina» yarimhimoyachisi Brian Daboni qo‘lga kiritishga yaqin. SportItalia nashrining yozishicha, 28 yoshli havbek uchun 3 million yevro atrofida pul to‘lanadi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Dabo SPAL tarkibida ijaraga o‘tkazdi va 16 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urgandi.
APLga qaytgan «Fulhem» tarkibini «Lion» vingeri Bertran Traore bilan kuchaytirmoqchi. Fransuzlar 24 yoshli futbolchini sotishga tayyor, ammo kamida 25 million yevro olishmoqchi, deb xabar beradi Foot Mercato. Burkina-Faso terma jamoasi a'zosi o‘tgan yili Fransiya chempionatida 23 o‘yinda ishtirok etdi va 1 gol muallifi bo‘ldi.
Sobiq mashhur futbolchi, hozirda «Barselona»da murabbiylar shtabiga kirgan Henrik Larssonning o‘g‘li


















