Turk lirasi kursi Turkiyada avgust oyida yuqori darajada inflatsiya saqlanib qolgani haqidagi ma'lumotlar ortida eng past qiymatgaça tuşib ketdi. Avgust boşida turk lirasi yevro va dollarga nisbatan antirekord qayd qilgandi.
Sönggi sutkada turk lirasining dollarga nisbatan kursi bir kun avvalgi savdolardagiga qaraganda 0,75 foizga tuşib ketib, 1 dollar uçun 7,446 lirani taşkil qilgan. Umuman olganda esa turk lirasi Turkiya markaziy banki milliy valutani qöllab-quvvatlaşga urinişlariga qaramay, yil boşidan dollarga nisbatan 20 foiz qadrsizlangan. Rasmiy ma'lumotlarga köra, Turkiyada iste'mol narxlari avgustda yillik ifodada 11,7 foiz oşgan.
Turk lirasi dollarga nisbatan 2018 yilda Turkiya va AQŞ örtasidagi munosabatlar keskinlaşgandan keyin jadal qadrsizlana boşlagan. Öşa vaqtdan beri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan fuqarolarni milliy valuta foydasiga dollardan voz keçişga çaqirib keladi, markaziy bank esa lirani qöllab-quvvatlaş uçun valuta zaxiralarini faol sotib keladi. Goldman Sachs tahlilçilarining baholaşiça, 2020 yilning birinçi yarmida bu maqsadda markaziy bank tomonidan butun 2019 yildagiga nisbatan köproq mablağ sarflangan.

















