Xitoylik mutaxassislar bilan koronavirusga qarshi kurashda hamkorlikni yanada kengaytirishga oid shartnoma imzolandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi xitoylik mutaxassislar bilan koronavirusga qarshi kurashda hamkorlikni yanada kengaytirishga oid shartnoma imzolangani haqida xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov hozirda yurtimizda bo‘lib turgan xitoylik shifokor va mutaxassislardan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.
«Unda aytib o‘tilganidek, o‘tgan yili aprel oyida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida qator sohalar qatorida sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga ham erishilgan edi. Ushbu sa'y-harakatlar samarasi o‘laroq, hozirgi pandemiya bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatda ikki davlat o‘rtasida ushbu yo‘nalishda samarali hamkorlik yanada rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Muloqotda xitoylik mutaxassislarning yurtimiz tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda COVID-19 pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, uni nazorat qilish va davolash borasida olib borilayotgan sa'y-harakatlari e'tirof etildi. Shuning barobarida xitoylik mutaxassislar yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yaxshi natijalarga erishilayotgani, shuningdek, xalq tabobati borasida yaxshi an'analar shakllangani, ayniqsa, buyuk tabib Abu Ali ibn Sino ilmiy merosi, asarlari Xitoyda ham qo‘llanma sifatida keng foydalanilishini e'tirof etishdi», deyiladi vazirlik xabarida.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co. Ltd. farmatsevtika kompaniyasi o‘rtasida xalq tabobatini rivojlantirish, bu borada ilmiy izlanishlar olib borish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha shartnoma ham imzolangan. Unda O‘zbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish borasida qator vazifalar belgilangan.
Jumladan, o‘zbek va xitoy xalq tabobatini o‘zaro uyg‘unlashtirib, sohada samarali qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ham tashxis qo‘yishda, ham davolashda unumli foydalanish, shuningdek, yurtimizda yaqin oylarda Xitoy xalq tabobati markazini ochish, mutaxassislarimizni koronavirusga qarshi kurashda Xitoy tajribasi bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish kabi yo‘nalishlar mazkur shartnomada o‘z aksini topgan.
Uchrashuv so‘nggida xitoylik mutaxassislar tomonidan COVID-19’ga qarshi Xitoyda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan an'anaviy xitoy tabobati usulida tayyorlangan dori vositalarining dastlabki qismi taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 20:04
-
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi
Jahon | 20:02
-
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
Iqtisodiyot | 19:43
-
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda
Jahon | 19:41
Mavzuga oid

19:43 / 09.01.2024
Alisher Shodmonov uzoq muddatli ta’tilga chiqdi

10:26 / 12.08.2023
Alisher Shodmonov vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib qaytdi

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023