«Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi va Energetika vazirligi rahbariyati, Rowing&Canoe federatsiyasi Ijroqöm a'zolari va murabbiylar iştirok etişdi. Tadbirda kun tartibiga qöyilgan asosiy masala federatsiya raisi Ahmedov Xudoyor Mamajonoviçning öz xohişiga köra lavozimidan böşaş töğrisidagi arizasini körib çiqiş, X.Ahmedov örniga yangi rahbar va unga örinbosarlar saylaş, Ijroqöm tarkibini qayta körib çiqiş böldi.

Yiğiliş iştirokçilari bir ovozdan X.Ahmedovning arizasini qabul qilişdi. Öz örnida Xudoyor Mamajonoviç salomatligi bois federatsiya faoliyatini boşqarişga vaqt ajrata olmayotgani, ortda qolgan 2 yildan köproq vaqt davomida olib borilgan hamjihatlikdagi iş uçun taşakkur aytib ötdi. Şundan söng federatsiya raisligiga Özbekiston energetika vaziri Sultonov Alişer Saidabbosoviç nomzodi qöyildi. Yiğiliş iştirokçilari bir ovozdan A.Sultonov nomzodini qabul qilişdi va Alişer Saidabbosoviç Özbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining yangi raisi etib saylandi», - deyiladi MOQ xabarida.

Ma'lumot uçun, Sultonov Alişer Saidabbosoviç 1967 yil 29 noyabr kuni tuğilgan. Özbekiston Energetika vaziri Alişer Sultonov sport oilasiga begona emas. Bu inson 2017 yanvar – 2018 yanvar davomila Milliy olimpiya qömitasi prezidenti, keyinçalik 2018 yil dekabr oyigaça qömita vitse-prezidenti lavozimida işlagan. Faoliyati davomida özbek futboliga, xususan ayollar futbolini rivojlantirişga katta hissa qöşgan. Şuningdek, ma'lum muddat Özbekiston şaxmat federatsiyasini boşqargan. Uzoq yillar davomida «Özbekneftgaz» boşqaruvida faoliyat olib borgan. «Mehnat şuhrati» ordeni sohibi.

Şuningdek, Qurbonov Şuhrat Törayeviç federatsiya rahbarining örinbosari böldi. Şundan söng federatsiya Ijroiya qömitasi va prezidiumiga kiruvçi rasmiylar tarkibini şakllantiriş kabi masalalar körib çiqilgan.