Dilşod Xolmurodov

Dilşod Xolmurodov jurnalistning Özbekistonda yaşirin iqtisodiyot kölami qanday, degan savoliga quyidagiça javob berdi. 

“Xalqaro statistika amaliyotida “kuzatilmaydigan iqtisodiyot” degan ibora işlatiladi. Bu 3ga bölinadi. Birinçisi, “norasmiy iqtisodiyot”, deb yuritiladi. Bunda uy xöjaliklari özi va bozor uçun mahsulot işlab çiqarişi, yetiştirişi. Keyingisi “yaşirin iqtisodiyot”. Soliqdan, sanitariya va sertifikatlaşga doir muayyan talablarni aylanib ötiş uçun, asosan, yirik işlab çiqariş sub'yektlari tomonidan yöl qöyiladi. Uçinçisi, bu “noqonuniy”, ya'ni qonunçilikda taqiqlangan faoliyat turlaridir. 

Davlat statistika qömitasi tomonidan yuqoridagi 3ta yönaliş böyiça “norasmiy iqtisodiyot” qismida statistik baholaş yölga qöyilgan. Unga köra, Özbekiston iqtisodiyotida norasmiy iqtisodiyot kölami YaIMga nisbatan 31-32 foizni taşkil qiladi.

Statistika böyiça milliy strategiyani işlab çiqişda ham “yaşirin iqtisodiyot”ga doir masala kiritilgan. Qömita Jahon banki va Xalqaro valuta jamğarmasi ekspertlarini jalb qilgan holda Özbekistonda “yaşirin iqtisodiyot”ni statistik baholaş usullarini işlab çiqmoqda. Bu yil oxirigaça tajriba tariqasida bir viloyat kesimida jahonda qabul qilingan usullardan foydalangan holda dastlabki statistik amaliyotlar ötkazilsa, kelasi, 2021 yildan “yaşirin iqtisodiyot” kölamiga ham baho berib boriladi”, - dedi Dilşod Xolmurodov. 

Jurnalist, şuningdek, aholini röyxatga oliş, qişloq xöjaligini röyxatga oliş va Statistika qömitasini va uning hududiy boşqarmalarini jihozlaş işlariga qança mablağ sarflanişi belgilanganiga ham qiziqdi. 

Mahmudjon Ziyodullayev

Davlat statistika qömitasi raisining örinbosari Mahmudjon Ziyodullayevning bildirişiça, 2022 yilda ötkazilişi rejalaştirilgan aholini röyxatga oliş işlariga 100 mln dollardan köproq mablağ sarflanişi hisob-kitob qilinmoqda. 

A'zam Ikromov