Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida joriy yil kuz va 2021 yil bahor mavsumlarida kökalamzorlaştiriş, manzarali daraxt va buta köçatlarini ekiş işlarini tizimli va uyuşqoqlik bilan taşkil etiş töğrisida”gi farmoyişi loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş vazirligi, Özbekiston yoşlar işlari agentligining şaharlar va boşqa aholi punktlari, avtomobil yöllari çetlari, ijtimoiy obektlar, taşkilotlar hududini hamda fermer xöjaliklari ekin yer maydonlari çetlarini yanada kökalamzorlaştiriş töğrisidagi takliflari ma'qullanadi.
Quyidagilar:
Joriy yil kuz va 2021 yil bahor mavsumlarida manzarali daraxt va buta köçatlarini ekişning prognoz körsatkiçlari, talab etiladigan mablağlar va moliyalaştiriş manbalari;
Joriy yil kuz va 2021 yil bahor mavsumlarida ekiş uçun köçat yetkazib beriş prognoz körsatkiçlari tasdiqlanadi.
Manzarali, mevali daraxt va buta köçatlari hamda qalamçalarini şartnoma asosida yetkazib beriş hamda ekiş işlarini muvofiqlaştiruvçi Respublika işçi guruhi, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar hamda tuman (şahar)lar işçi guruhlarining namunaviy tarkibi taşkil etiladi.
Quyidagilar Respublika işçi guruhi (Ramatov), Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va tuman (şahar)lar hududiy işçi guruhlarining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
mazkur farmoyiş bilan belgilangan köçatlarni sotib oliş yuzasidan şartnomalar tuziş, tölovlarni oldindan amalga oşiriş, köçat yetkazib beriş va ekiş böyiça kunlik monitoring yuritiş;
köçat ekiş va ekilgan köçatlarni töliq undirib oliş uçun suğoriş işlarini taşkil etiş böyiça yuzaga keladigan muammolarni tezkor hal etiş;
har haftaning juma kuni hududiy (viloyatlar, tumanlar va şaharlar) işçi guruhlar köçat ekiş böyiça tahliliy ma'lumotlarni respublika işçi guruhiga kiritiş;
har haftada respublika işçi guruhi tomonidan tahliliy ma'lumotlarni Özbekiston Respublikasining Boş vaziriga taqdim etiş.

















