Iqtisodiyot | 14:25 / 07.09.2020
14935
2 daqiqa o‘qiladi

«1-2 oyda pul oqimi iziga tushishi kutilmoqda» – Markaziy bank

Karantin choralari yumshatilgandan so‘ng banklarga naqd pul tushumlari oshgan.AOKAda pandemiya sharoitida iqtisodiyotni tiklash mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida O‘zbekistonda pul oqimining holati xususida so‘z bordi.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyevning so‘zlariga ko‘ra, yaqin 1-2 oyda O‘zbekistonda pul oqimi ko‘rsatkichlari o‘z o‘rniga tushishi kutilmoqda.

«Koronavirus pandemiyasi negizidagi iqirozda pul oqimida to‘xtash bo‘ldi. Boshqa inqirozlarda yoki talab, yoki taklif to‘xtab qolar, bulardan birini kuchaytirish orqali muammoga yechim topish mumkin bo‘lardi. Ammo hozirgi holatda pul oqimida uzilishlar bo‘ldi. Shunga qaramay, bankomatlarni doimiy nazorat qilish orqali aholini naqd pul bilan uzluksiz ta'minlashga harakat qilindi.

15 avgustda karantin choralari yumshatila boshlangach, banklarga naqd pul tushumlari oshyapti. Bir-ikki oyda bu bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar o‘z o‘rniga tushishi kutilmoqda», deya Hamroyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Markaziy bank vakili pandemiya sharoitida «Har bir oila – tadbirkor» davlat dasturining ijrosi bo‘yicha ma'lumot berdi.

«Yil boshida «Har bir oila – tadbirkor» dasturi uchun 4 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan, mablag‘lar asosan so‘ndirilgan qarzdorliklar hisobidan yo‘naltirishi nazarda tutilgan edi.

Pandemiya tufayli kreditlarni to‘lash kechiktirilgani sabab, dasturga yana qo‘shmcha 2 trln so‘m yo‘naltirildi. Dastur doirasida yil oxirigacha 5,5 trln so‘m aholiga ajratiladi», deya ta'kidladi Behzod Hamroyev.

Qayd etilishicha, korxonalarning uzluksiz ishlashi uchun ularni aylanma mablag‘ bilan ta'minlash maqsadida 30 trln so‘m revolver kreditlari ajratilgan bo‘lib, o‘tgan sakkiz oyda 20 trln so‘m korxonalarga berilgan.

Mavzuga oid