Bugungi kunda golubika dunyo bozoridagi eng qimmat rezavor hisoblanadi. Shu tufayli uni yetishtirish hajmini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga faqat foyda olib keladi.
Bu borada mutaxassislar uni boshqa davlatlarga eksport qilishda uzun transport yo‘llari va qimmat logistika O‘zbekistonga xalaqit bera olmasligini aytishadi.
Shuningdek, golubikani Osiyo bozorlari: Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya, Vetnamga eksport qilish ayniqsa manfaatli.
Siz yuqoridagi videoni tomosha qilish orqali golubikaning inson uchun foydali xususiyatlari va uni yetishtirish orqali olinadigan juda yuqori daromad borasida ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.






















