Şu yilning avgust oyida yangi öquv yiliga tayyorgarlik köriş masalalariga bağişlangan yiğilişda Prezident Şavkat Mirziyoyev talabalar uçun qulay narxlardagi tarif rejalarini joriy qiliş topşiriğini bergan edilar. Şuningdek, yoşlarning masofaviy ta'lim oliş uçun şart-şaroitlar yaratişga alohida urğu berilgandi. Mobiuz mobel operatori mutaxassislari mazkur masalalarni örgangan holda yangi imtiyozli tarif rejasini işlab çiqdilar.

«Talaba» tarif rejasiga 1 000 MB, tungi 1 000 MB, Özbekiston böyiça qönğiroqlarga 500 daqiqa va 500 SMS-xabar kiritilgan. Abonent tölovi oyiga 15 ming söm. Tarifning asosiy qulayligi şundaki, u 100 ta axborot-ta'lim resurslaridan bepul, ya'ni megabaytlarni sarflamagan holda foydalaniş imkoniyatini beradi.

Xususan, ular qatorida – respublikaning barça oliygohlarini masofaviy ta'lim resurslari, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Boş ilmiy-metodik markaz veb-saytlari va boşqalar. Saytlarning töliq röyxati bilan uşbu havola orqali tanişib çiqiş mumkin: mobi.uz/uz/tariff/privilege/21408.

Şu bilan bir qatorda, tarif oyning birinçi sanasiga boğlanmaganligi va abonent tölovi uçun mablağ yetarliça bölmaganda, u avtomatik ravişda kunlik yeçiliş tartibiga ötişini alohida ta'kidlab ötiş kerak.

Masalan, talaba tarifga 15-sentabr kuni ulandi. Şu kunning özida unga tarif böyiça barça töplamlar taqdim etiladi, abonent tölovi ham töliq yeçib olinadi. Kelasi abonent tölovini yeçib oliş 15 oktabr kuni amalga oşiriladi. Lekin abonent balansida 15 mingdan kam mablağ bölsa, kunlik tölov 750 sömni taşkil qiladi, daqiqa va megabaytlar ham kunlik tartibda taqdim etiladi.

««Talaba» tarifi – oliy ta'lim muassasalari, şu jumladan xorijiy oliygohlarning mamlakatimizdagi filiallari talabalari uçun qulay taklifdir. Arzon narxlar va ta'lim resurslaridan bepul foydalaniş imkoniyati yoşlarga ta'lim oliş va mustaqil ravişda bilimlarni oşirişga keng imkoniyat yaratadi. Ulaniş uçun pasport hamda talabalik guvohnomasi (yoki oliygohda öqişini tasdiqlaydigan boşqa hujjat) kerak böladi xolos, - deydi Mobiuz’ning jamoatçilik bilan aloqalar böyiça rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Kompaniyaning mahsulot va xizmatlari haqidagi batafsil ma'lumot www.mobi.uz saytida hamda kompaniyaning rasmiy Telegram-kanalida (