Portugaliya terma jamoasining öyinini tribunadan niqobsiz kuzatib ötirgan Kriştianu Ronaldudan himoya vositasini taqib olişi söraldi. Bu haqda Sport24 portali xabar berdi.
5 sentyabrda Portudagi “Dragau” stadionida Millatlar ligasining Portugaliya va Xorvatiya örtasidagi uçraşuvi bölib ötdi. Ronaldu ari çaqişdan keyingi infeksiyadan davolanayotgani sababli uçraşuvda iştirok eta olmagan. Biroq Yevropaning amaldagi çempionlari jamoa yetakçisi yöqligiga qaramay, 4:1 hisobidagi yirik ğalabaga erişişgan.
Ammo Ronaldu stadiondan öz terma jamoasini qöllab-quvvatlab turgan. Lahzalardan birida uçraşuv operatori kamera nigohini tribunada ötirgan Kriştianuga qaratgan. Aynan şu vaqtda futbolçining yoniga stadion xodimasi kelib, undan himoya niqobini taqib olişni söragan.
Nunca se esqueçam da máscara 😷 pic.twitter.com/hNPmHOwUyY
— B24 (@B24PT) September 5, 2020
Futbolçi tavsiyalarga tezda amal qilib, yonida yotgan niqobni olib, yuziga taqqan. E'tiborlisi, Ronalduning atrofidagi barça odamlar niqobda bölgan va şu sababli uning himoya vositasini taqmagani yaqqol közga taşlangan.
Joriy hafta boşida Ronaldu öng oyoği barmoğida oğriq sezgan va şu sababli maşğulotlarni töxtaşiga töğri kelgan. Aniqlanişiça, futbolçida infeksiya bölgan va uni ari çaqişi keltirib çiqargan. Portugaliya murabbiysi Fernandu Santuş öyinçining salomatligini xavf ostiga qöyişni istamay, uni maşğulotlardan ozod qilgan.
Portugaliya keyingi öyinini 8 sentyabrda Şvetsiyaga qarşi ötkazadi.

















