Qonunçilik palatasining 8 sentabr kuni bölib ötgan navbatdagi majlisida uşbu murojaatdan kelib çiqib, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi deputatlari tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida tayyorlangan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 291-moddasiga tegişli özgartişlar kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi birinçi öqişda muhokama qilindi.
Parlament saytida yozilişiça, qonun loyihasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polisi yonida bölmagan haydovçilar transport vositalarini boşqarganda Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan transport vositasini uşlab turişni bekor qiliş nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning fikriga köra, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksida belgilangan avtotransport vositasining suğurta polisi yöqligi uçun transport vositalarini uşlab turiş amaliyotining bekor qilinişi oqibatida bunday qoidabuzarlik holatiga nisbatan jazo bazasini qisqartiriş hamda fuqarolarning mulkka bölgan huquqlarini kuçaytiriş hamda bu orqali korrupsiogen holatlarining oldini oliş imkonini beradi.












