Bugun 8 sentabr kuni “ Sankt-Peterburg – Urganç” yönalişida navbatdagi charter reysi amalga oşirildi. Bu haqda Xorazm viloyati Transport boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maxsus reys orqali 220 nafar yölovçi olib kelindi. Xorijdan qaytgan barça fuqarolar belgilangan tartibda 10 kundan kam bölmagan muddatga karantin markazlariga joylaştirildi.
Bugungi kunga qadar Xorazm viloyatiga Moskva, Sankt-Peterburg şaharlaridan jami 4 ta charter reysi amalga oşirilgan bölib, ularda jami 840 nafar Özbekiston fuqarosi öz uylariga olib kelindi.












