Muborak Ramazon oyida Toshkent shahridan xonadon sotib olmoqchi bo‘lganlar ajoyib taklifdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Aksiya joriy yilning 25 apreliga qadar davom etadi.

FDG – «Fayzli», «Riverside», «Parkent Plaza», «Manhattan» kabi turar joy majmualari hamda «Aviapark» biznes markazi loyihalarini birlashtirgan kompaniyadir.

Bugungi kunga qadar «Fayzli» va «Riverside» majmualari hamda «Parkent Plaza» turar joy majmuasining uch fazasidan ikkitasi muvaffaqiyatli yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Ayni paytda «Parkent Plaza» va «Manhattan» turar joy majmualaridagi xonadonlarni sotib olish mumkin.

Manhattan – Darxonda qulay joylashuvi bilan ajralib turuvchi biznes-klassdagi turar joy majmuasidir. Hozirda, quyidagi ikkita kompleksdan iborat majmua qurilishining 1-fazasi amalga oshirilmoqda:

● Flatiron, o‘zining ko‘rinishi bilan hammaga gollivud filmlari orqali tanish bo‘lgan, Nyu-Yorkning Manhattan shahridagi  Brodvey, Fifth Avenue va East 23-ko‘chalari kesishgan joyda joylashgan 22 qavatli osmono‘par Fletayron binosini eslatadi.

● Prime, oltita turar joy blokidan iborat va har bir blokda turli maydonlarga va rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan xonadonlar tanlovi mavjud.

Majmua konsepsiyasi zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Masalan, «Manhattan» uylari «Aqlli uy» va «Aqlli xonadon» tizimlari bilan jihozlangan. Shuningdek, FDG jamoasi «Manhattan» uylarida yashash, aholiga eng muhim bo‘lgan narsani, ya’ni vaqtini tejashga yordam berishiga ishonadi, chunki shahar markazida yashash asosiy nuqtalarga piyoda bora olishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, majmua hududiga tijorat binolari, kovorking maydoni hamda bolalar o‘yin maydonchasi joylashtiriladi.

Parkent Plaza turar joy majmuasi Mahtumquli va Parkent ko‘chalari chorrahasida joylashgan. Majmua aholisi markazga atigi 7-10 daqiqada yetib borishi mumkin. Parkent Plaza 9 blokdan iborat bo‘lib, hozirda unda katta oila uchun turli planirovkadagi xonadonlar mavjud.