Komfort-klass zamonaviy kompleksi 7-metro bekati va Compass savdo markaziga yaqin hududda joylashgan.

Turar joy majmualarini loyihalash va qurishda FDG oilaviy qadriyatlardan ilhomlanib, qulaylik, funksionallik va ishonchlilikka e’tibor qaratadi. Asosiy maqsad – o‘zaro uyg‘unlikdagi qulay makon qurish va an’analarga bo‘lgan hurmat.

“Fayzli Hayot” – bu har insonning zamonaviy ehtiyojlari va individual talablarini inobatga olib yaratilgan loyiha. 

Kompleks o‘zida eng yaxshi jihatlarni mujassam etgan. Birinchidan, 7-metro bekati va Compass savdo markaziga yaqin masofadagi qulay joylashuv. Shuningdek, Qo‘yliq bozori, masjid, do‘konlar, dorixonalar, kafelar, bolalar bog‘chalari va tibbiyot markazlariga yaqinligi ham afzallik beradi.

FDG “Fayzli Hayot” va o‘zining boshqa turar joy komplekslari uchun konsepsiya tanlayotganda nimalarga ahamiyat beradi?

Birinchi o‘rinda, kompaniya yashash uchun qulay muhit yaratish tamoyiliga amal qiladi. Buning uchun biz Toshkent aholisi turmush tarzini diqqat bilan kuzatib boramiz hamda eski shahar va sovet binolarining me’moriy xususiyatlarini o‘rganamiz. Odamlarning ideal uy haqidagi tasavvurlari, mahalliy hududning qaysi elementlarini afzal ko‘rishlari va o‘z hovlilarida qanday qulayliklarni ko‘rishlarini tushunishga intilamiz. Masalan, eski shahardagi uylardan ilhomlanib, “Fayzli Hayot” turar joy majmuasi birinchi qavatidagi xonadonlar old qismida ichki hovli qismini yaratdik. Bu yerga chorpoya o‘rnatish va ochiq havoda mehmonlarni kutib olish mumkin bo‘ladi, - deydi FDG tijorat direktori Sergey Potapov.

Turar joy majmuasi ichida toza havoda mashq qilish imkoniyatini beradigan ko‘p funksiyali mashg‘ulot maydoni mavjud. Bundan tashqari, turar joy hovlisida turli yoshdagi bolalar uchun xavfsiz o‘yin maydonchalari tashkil etilgan bo‘lib, u yerda ota-onalar uchun dam olish hududlari ham tashkil etilgan.