2023 yil 12 martdan 25 martgacha Manhattan (Prime bosqichi) va Parkent Plaza turar joy majmualaridan xonadon xarid qilishda 21% gacha chegirmalar amal qiladi. Shuningdek, muddatli to‘lov asosida xonadon xarid qilishda boshlang‘ich to‘lov atigi 21% ni tashkil qiladi.

Bahor kirib kelishi bilan Navro‘z bayramini intiqib kutamiz. Axir, Navro‘z yangilanish ramzi bo‘lib, insonparvarlik, mehr-oqibat, adolat va bag‘rikenglikni, shuningdek, odamlarning farovonligi uchun g‘amxo‘rlikni aks ettiradi.

FDG nafaqat aholi haqida, balki atrof-muhit haqida ham qayg‘uradi. Kompaniya LEED sertifikatiga ega. Bu esa qurilish jarayonida dizayn va qurilishning eng samarali va ekologik toza usullarini qo‘llashni tasdiqlaydi.

FDG jamoasi O‘zbekiston xalqini yangilanish bayrami bilan tabriklaydi va qulay joylashuvga ega turar joy majmualaridan xonadon sotib olish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi. FDG kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan turar joy majmualari bir qator afzalliklarga ega:

  • Qo‘riqlanadigan hudud
  • Mashinasiz hovli
  • Yerosti avtoturargohi
  • Shaxsiy isitish tizimi
  • Parkent Plaza majmuasida aqlli uy tizimi
  • Manhattan majmuasida aqlli uy+aqlli xonadon tizimi
  • Boshqaruv kompaniyasining xizmatlari

Manhattan turar joy majmuasi Toshkentning nufuzli tumanida Central Park (sobiq Telman xiyoboni) yaqinida joylashgan. Ushbu majmua Hamid Olimjon metro stansiyasi, Ekopark va Oloy bozoriga yaqin. Zamonaviy va ko‘p vazifali majmua shahar hayotiga yangi nuqtai nazarni taklif etadi – u qulay yashash, ishlash va dam olish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan. Loyiha Business toifasiga xos uylar, tijorat binolari, tijorat markazlari va ijtimoiy infratuzilma obektlarini o‘zida jamlagan.