Moskva muftiysi, Rossiya Musulmonlar idorasi raisining örinbosari Eldor Aloutdinov koronavirusga çalindi. Bu haqda u Instagram’dagi videomurojaatida xabar berdi.

«Afsuski, bir munça vaqtdan beri men ham kasal bölib yotibman, COVID mening oilamga ham kirib keldi. Bir neça kun juda oğir ötdi va taşxis ham darhol qöyilmadi - ba'zi alomatlar mavjud edi, ammo baribir oxirigaça bu COVID emas, balki oddiy ÖRVI yoki gripp deb öylaşdi. Ammo COVID tasdiqlandi», - deya ma'lum qildi muftiy.

Uning qöşimça qilişiça, köp odamlar, şu jumladan musulmonlar ham koronavirusdan himoya qiliş çoralariga rioya qilmayapti. Muftiyning aytişiça, buni masjidda bölganida va binoning orqa qatorlariga borganida payqagan. «Ba'zilar masofa saqlaşni ham unutib qöydi - yelkama-yelka turişibdi. Ularning barçasi taqvodor, töğri: odamlar quçoq oçib körişyapti, qöl berib söraşyapti», - deya qayd etdi Aloutdinov.

Uning sözlariga köra, musulmonlar özlarini doimo soğlom deb öylab yurişlari kerak emas, sababi koronavirus «juda oson va juda tez» yuqadi. Şuningdek, u COVID-19 nafaqat yuqtirgan odam, balki uning yaqinlari, oilasi va farzandlari uçun ham juda oğriqli ekanligini ta'kidladi.