Qayd etilişiça, maşinasozlik sohasida respublikada avtotransport vositalarini işlab çiqaruvçi barça korxonalar uçun teng şaroitlar yaratilişini nazarda tutuvçi «Avtotransport vositalarini işlab çiqariş sanoati töğrisida»gi Nizomni qabul qiliş möljallangan.
Qozoğiston tajribasidan kelib çiqqan holda Ozarboyjon, Tojikiston va boşqa mamlakatlarda ham avtotransport vositalarining sanoat usulida yiğişni taşkil etiş böyiça işlar jadallaştiriladi, elektromobillar bozorini rivojlantiriş uçun zarur infratuzilmani yaratiş böyiça «maqsadli dastur» işlab çiqiladi.
Şuningdek, «ERP» (işlab çiqariş jarayoni va sotişni hisobini yuritiş) zamonaviy avtomatlaştirilgan hisobot yuritiş tizimini joriy etiş, qişloq xöjaligi texnikalarining narxlarini pasaytiriş maqsadida, metall prokat iste'moli uçun belgilangan standartlarni qayta körib çiqiş, qişloq xöjaligi texnikalarining plastmassa qismlari, ğildirak disklarini işlab çiqariş va metall quyiş sexini taşkil etiş böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Elektrotexnika mahsulotlarining eksportini oşiriş maqsadida, çegaradoş hududlarda savdo zonalarini yaratiş (Toşkent, Andijon, Farğona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari) kutilmoqda.
Bundan taşqari, mis xomaşyosini çuqur qayta işlaş hajmini 49 ming tonnagaça oşiriş, misni çuqur qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatga ega tayyor mahsulotni (elektrotexnika va boşqa sohalarda) işlab çiqariş imkoniyatlarini yaratiş maqsadida yangi investitsiya loyihalarini işlab çiqiş, ularni amalga oşiriş uçun salohiyatli investorlarni jalb qiliş hamda elektrotexnika sanoatidagi standartlarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlaştiriş közda tutilgan.
Avvalroq, import qilinayotgan tayyor elektrotexnika mahsulotlariga utilizatsiya yiğimi joriy etilişi xabar berilgandi.











