Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Import qilinayotgan tayyor elektrotexnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi
O‘zbekistonda import qilinayotgan tayyor elektrotexnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillardagi amaliy harakatlar rejasi”da aytilgan.
Hujjat bilan import qilinayotgan tayyor elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imini joriy etish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, elektrotexnika sanoatida energiya va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali energiya samaradorligiga erishish, mudofaa sanoatida yangi avlod elektrotexnika mahsulotlari va sanoat jihozlari ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan.
Milliy brend ostida standartlashtirilgan traktor modellarini ommaviy ishlab chiqarish, «Lean menejment», «Kaydzen», «5S», «Kanban» texnologiya va standartlari asosida kamxarj usullarda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida, ba'zi kam samarali korxonalar tarkibini qayta qurish va bir turdagi texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish ham mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:30 / 27.06.2026
O‘zbekistonda import tovarlarini rasmiylashtirish tartibi o‘zgardi
08:48 / 20.06.2026
Qumga boy Saudiya nega qum import qilmoqda?
14:26 / 28.05.2026