– Nurmat Satiniyazoviç, ortda qolgani rost bölsin. Kasallik oğir keçmadimi?
– Rahmat, aytganingiz kelsin. Kasallik yoşimga va jismoniy holatimga muvofiq keçdi. Şukr, davolanib çiqdim, şifo topişimda öz hissalarini qöşgan hamkasblarimizga rahmat aytaman.
– Kasallik tufayli ma'lum muddat pandemiyaga qarşi kuraş jarayonlarida iştirok etmadingiz. Özgarişlarni kuzatib bordingizmi?
– Şifoxonada bölsam-da, sohamizga oid barça jarayonlarni kuzatib bordim, faoliyatimga aloqador muhim masalalar yuzasidan öz tavsiyalarimni berdim. Hozirgi zamonda aloqa vositalari hammaning qölida, barça ma'lumotlarni olib turiş mumkin. Bu davrda çeklovlar yumşatildi, kasallik ança jilovlandi, ayrim faoliyatlarga ruxsat berildi. Ammo bu karantin qoidalari bekor qilindi, degani emas. Böşaşiş aslo yaramaydi.
Ötgan vaqt mobaynida hamyurtlarimiz gigiyena qoidalariga rioya qilişga jiddiy qaraşni örgandilar. Mana şu odatlarga doimiy rioya qilişni yölga qöyişimiz şart.
– Qaçon işni boşlaşni rejalaştirayapsiz?
– Işni boşladim, desam ham böladi. Bu kasallikka çalinişim va soğayişim hayotimning öziga xos bosqiçi böldi. Oldin bu kasallik böyiça nazariy bilimlarga ega bölgan bölsam, endi öz boşimdan ötkazdim, tajribam yanada oşdi va amaliy bilimga ham ega böldim.
Abror Zohidov suhbatlaşdi.













