Toşkent davlat yuridik universiteti tomonidan Ğafur Ğulom uy-muzeyi otaliqqa olingan va adib ijodini keng tarğib qiliş maqsadida Ğafur Ğulom nomidagi kökrak nişoni ta'sis etilgandi. 11 sentabr kuni ilk marta nişonni topşiriş marosimi bölib ötdi. Kökrak nişoni bilan birinçilardan bölib Ğafur Ğulom nomidagi uy-muzeyi direktori Olmos Ahmedova hamda muassasaning ilmiy xodimi Lutfulla Ilhomjonov taqdirlandi.

Adiblar xiyobonida ötkazilgan tadbirda TDYuU rahbar xodimlari va professor-öqituvçilari, adabiyotşunos olimlar, talabalar iştirok etdi. Mehmonlar Ğafur Ğulom haykali poyida töplanib, uluğ adib xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
— Bunday taşabbus Ğafur Ğulomni jahon uzra tanitişga yordam beradi, — qayd etdi uy-muzey direktori Olmos Ahmedova. — Yurtimizda otamning ijodiga yuksak e'tibor qaratilayotganidan bağoyatda xursandman. Bugun köksimga taqilgan Ğafur Ğulom nomidagi kökrak nişoni qalbimni faxrga töldirdi. Ezgu sa'y-harakatlari uçun Toşkent davlat yuridik universiteti jamoasiga samimiy minnatdorlik bildiraman.


Eslatib ötamiz, Ğafur Ğulom nomidagi kökrak nişoni bilan öqiş va ijodda faol talabalar hamda TDYuU professor-öqituvçilari taqdirlanadi. Istisno tariqasida mukofot hamkor taşkilotlar vakillariga ham berilişi mumkin. Kökrak nişoni sohiblari uçun bazaviy hisoblaşning uç baravari miqdorida pul mukofoti berilişi közda tutilgan.
Toşkent davlat yuridik universiteti
Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar bölimi











