Sobit Sodiqjonov Kun.uz tahririyatiga murojaat yöllab, birjadagi «öyinlar» narxning asossiz oşib ketişiga sabab bölayotganini iddao qildi. Uning aytişiça, qonunçilikdagi ayrim böşliqlar bunga yöl qöymoqda.

Kun.uz masala yuzasidan bevosita brokerning özi, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bölim boşliği Obidjon Soatov va ​birja bölim boşliği Alişer Örinovni munozaraga taklif qildi.

Sobit Sodiqjonov

«2004 yildan birjada broker sifatida faoliyat yuritaman. Öşa paytlarda tovar-xomaşyo birjasida savdolar ötkazilişida şaffoflik juda yuqori darajada bölgan edi. Ming afsuski, bular hammasi ötgan zamonda qoldi, deb aytişga majburman. Hozir bu jarayon 100 foiz şaffof emas, deya olmayman, lekin şunga turli omillar ta'sir ötkazyapti. Bu – bizning fikrimiz, biz birjaning asosiy iştirokçilari – brokerlarmiz», – deydi Sobit Sodiqjonov.

Uning bildirişiça, şaffoflik kamayişiga​ qonunçilikdagi özgarişlar sabab bölgan.

«Masalan, birjalar faoliyati töğrisidagi qonun yangi tahrirda qabul qilingan, 2003 yilda röyxatdan ötgan hisob-kliring faoliyati töğrisidagi nizom talablari bekor böldi. Hukumatning 2018 yildagi 33-sonli qarori qabul qilindi. Unda esa sotuvçi va xaridorning kelişuviga köra, şartnomalarni jarimasiz bekor qiliş tartibi belgilangan. Bizning fikrimizça, bu xato bölgan», – deydi u.

Alişer Örinov

​Tovar-xomaşyo birjasi bölim boşliği Alişer Örinov brokerning fikriga munosabat bildirib, u kötarayotgan masalaga oydinlik kiritdi.

«Şaffoflik özi nima? Şaffoflik –​ amalga oşirilayotgan barça amaliyotlarni barça uçun oçiq va erkin şaklda namoyon etiş. Bugun birjada yopiq ma'lumot deyarli qolmagan. Negaki, tovar-xomaşyo birjasida ötadigan savdolar töliq onlayn platformada amalga oşiriladi. Savdolarda iştirok etayotgan har bir tomon ma'lumotlar bilan tanişişga teng imkoniyatli. Har bir soniyada berilayotgan buyurtma soni va miqdori körsatiladi, faqat savdo yakuniga qadar taraflarning kim ekani oşkor etilmaydi. Sababi şundaki, kelgusida xaridor yo brokerlarning sotuvçi bilan kelişgan holda narx bermasligining oldini oliş uçun bu joriy qilingan. Bunda şaffoflik darajasi yöqoldi, deyiş asossiz böladi»,