Joriy yilning 11 sentabr kuni soat 5:30larda, Samarqand viloyati Bulunğur tumani hududidan ötgan 4M 503 avtomobil yölining 4-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1990 yilda tuğilgan M.A. “Neksiya” rusumli avtomobilni boşqarib ketayotib oldinda, yöl qatnov qismining örtasida mast holda, çoponga öranib yotgan, piyoda 2000 yilda tuğilgan A.E.ni bosib ketib, YTH sodir etgan.

Natijada, 20 yoşli A.E. oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Bulunğur tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barça yöl harakati qatnaşçilaridan ehtiyotkor bölişlarini, piyodalar mast holda avtomobil yöllarida harakatlanmasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

















