Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya va Shvetsiyadagi laboratoriyalarda ham Navalniy «Novichok» guruhidagi modda bilan zaharlangani tasdiqlandi
Fransya va Shvetsiyadagi laboratoriyalar ham rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyning organizmidan «Novichok» guruhiga mansub zaharlovchi modda izlari topilgani tasdiqlandi. Bu haqda Germaniya hukumati xabar bermoqda.
Berlindagilarning ma'lum qilishicha, Navalniydan olingan namunalar bu ikki davlatga mustaqil tekshiruv o‘tkazilishi uchun yuborilgandi. Germaniya Navalniyning zaharlanishiga oid ma'lumotlarni va tahlil namunalarini Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga ham tekshiruv o‘tkazish uchun yuborgan.
«Biz yana bir bor Rossiyani bu hodisa bo‘yicha izoh berishga chaqiramiz», deyilgan Germaniya hukumati bayonotida.
- Sentabr oyi boshidayoq Germaniya qurolli kuchlari laboratoriyasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari Navalniyning organizmida «Novichok» izlari borligini ko‘rsatgandi.
- Rossiya hukumati Omskda olingan tahlil namunalari Navalniyning organizmida zaharlovchi modda bo‘lmaganini ko‘rsatganini ta'kidlab kelmoqda. «Meduza» manbasi esa Omskda siyosatchi «jiddiy zaharlangani ko‘rinib turgani» haqida gapirgan, shu tufayli unga tez yordam mashinasidaligidayoq zudlik bilan atropin yuborilgandi.
- Keyinroq Germaniyadagi Die Zeit va Der Spiegel nashrlari o‘z manbalariga tayanib Navalniy «Novichok»ning takomillashgan yangi turidan zaharlangani haqida yozib chiqishdi. Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, zaharlovchilar siyosatchi samolyotdayoq jon berishini mo‘ljallashgandi.
Mavzuga oid
21:13 / 14.02.2025
Olimlar «Novichok» kabi zaharlarni aniqlaydigan dasturni ishlab chiqdi
23:14 / 14.10.2024
Britaniyada «Novichok» yordamida zaharlanish ishi bo‘yicha sud eshituvi bo‘lib o‘tdi
21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi
17:39 / 17.01.2023