Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat bilan çiqdi. Uning murojaatini Tut.by portali öz Telegram-kanalida joylaştirdi.
Tixanovskayaning sözlariga köra, Soçida Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuv davomida imzolanadigan har qanday kelişuv kuçga ega bölmaydi, çunki u mamlakatning qonuniy rahbari hisoblanmaydi. U muxolifat agar hukumat tepasiga keladigan bölsa, Soçi muzokaralari yakuni böyiça tuziladigan barça kelişuvlarni qayta körib çiqişini aytdi.
Rossiya va Belarus rahbarlari 14 sentabr kuni Soçidagi Boçarov ruçey qarorgohida «yakkama-yakka» şaklda uçraşişadi. Uçraşuvda hujjat imzolaş rejalaştirilmagan.













