Respublikadagi 10 mingga yaqin maktabning 2 635tasida karantin qoidalariga amal qilingan holatda an'anaviy şaklda darslar boşlandi. Qolgan maktablarda darslar masofaviy tarzda boşlandi, ularda an'anaviy ta'lim 1 oktyabrga qadar yölga qöyiladi.

Kun.uz muxbiri Toşkent şahridagi maktablarning an'anaviy şaklda oçiliş jarayonlarini kuzatdi.

Birinçi sinflar maktabga soat 8:00dan boşlab, yuqori sinflar esa 8:30dan sinf xonalariga kiritildi. Darsga kirişdan oldin öquvçilarning tana harorati ölçanib, qöllari dezinfeksiya qilindi.

Feruza Atamurodova

Olmazor tumanidagi 224-maktab direktori örinbosari Feruza Atamurodovaga köra, maktabda jami 1859 nafar öquvçi öqiydi, şundan 895 nafarining ota-onasi farzandi an'anaviy tarzda ta'lim olişini afzal körgan.

«Ötgan öquv yillariga nisbatan bu yil yanada mas'uliyatliroq böladi. Çunki bizga pandemiya şaroitida öquvçilar bilan birgalikda öqituvçilarning ham soğliğini asraş mas'uliyati ortiladi. Öquvçi va öqituvçilarning soğliğini nazorat qiliş uçun biz soğliqni saqlaş tizimi bilan hamkorlikda iş olib boryapmiz. Maktablarga şifokor va hamşiralar biriktirildi.

Öquvçilar soniga qarab oldin maktabga bitta hamşira jalb qilingan bölsa, hozirda ular soni 3-4 nafargaça oşirildi. Maktabning oçilganidan juda ham xursandmiz», – deydi u.

Maktabga biriktirilgan hamşira Sadoqat Maxsumovaning ta'kidlaşiça, öquvçilarni orada 2 metr masofa saqlangan holda qabul qilinmoqda. Kelgan öquvçining avval harorati ölçanadi, keyin qöllari dezinfeksiya qilinadi. Sinf xonasiga kirişdan oldin bolalar yangi niqob bilan ta'minlanadi (eslatib ötamiz, belgilangan tartibga muvofiq, öquvçilarni niqob bilan ta'minlaş ota-onalar zimmasiga yuklangan).