Xususan, joriy yilning I yarim yilligida davlat taşqi qarzi 1,6 mlrd. dollarga yoki yil boşiga nisbatan 10,5 foizga oşib, joriy yilning 1 iyul holatiga 17,31 mlrd. dollarga yoki YaIMga nisbatan 30,3 foizga yetdi.
Moliya vazirligi qarzga olingan pullar nimaga sarflanayotgani töğrisidagi ma'lumotni oçiqladi.
2020 yil yanvar-iyun oylarida imzolangan davlat taşqi qarzi bitimlari:
Jahon bankidan 100 mln dollar “Obod qişloq” loyihasiga;
Neft eksport qiluvçi mamlakatlar uyuşmasi (OPeK)dan 53,4 mln dollar Namangan şahri, Namangan viloyatining Zarkent va Xöjakent tumanlarining suv ta'minoti va oqava suv tizimlarini modernizatsiyalaş loyihasiga;
Jahon bankidan 200 mln dollar Iqtisodiy islohotlar dasturini qöllab-quvvatlaşni qöşimça moliyalaştirişga (DPO 2);
Xalqaro valuta jamğarmasidan 125 mln dollar va 250 mln dollar iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaşga;
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan 82 mln dollar “Obod qişloq” loyihasiga.
2020 yil yanvar-iyun oylarida berilgan davlat kafolatlari:
Rossiya taşqi iqtisodiy faoliyat bankidan 28,3 mln. yevro Töpalang GESni modernizatsiya qilişga;
Rossiya taşqi iqtisodiy faoliyat bankidan 38,8 mln. yevro Quyi çotqol GES qurilişiga;
Rossiya taşqi iqtisodiy faoliyat bankidan 34,2 mln. yevro Darğom kanalida Boğişamol 2-kiçik GES qurilişiga;
Xitoy davlat taraqqiyoti bankidan 309,0 mln. dollar "Özbekiston havo yöllari" milliy aviakompaniyasi uçun “Boing 787-8” rusumidagi 3 ta samolyotlarni sotib olişga.
Avvalroq, davlat taşqi qarzining valuta tarkibi töğrisida ma'lumot berilgandi.












