Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 14 sentabr kuni elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga oliş hamda nazorat qiliş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda elektr energiyasi hamda tabiiy gazni hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimlarini töliq joriy etiş masalalari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
“Elektr energiyasi va tabiiy gaz hayot va iqtisodiyot uçun juda zarur resurslardir. Bu tarmoqlar infratuzilmasi uzoq yillar modernizatsiya qilinmagani sababli ularni yetkazib berişda yöqotişlar köp edi. Hisob-kitobni joy-joyiga qöyiş uçun avtomatlaştirilgan tizimlar zarurligini hayotning özi taqozo etmoqda.
Xususan, elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi joriy etilgan 7 ta tuman va şaharda tölovlar undirilişi 40 foizga oşgan, debitor qarzdorlik esa 20 foizga qisqargan. Uşbu tizimni mamlakatimizning barça hududlarida tatbiq etiş böyiça zarur çora-tadbirlar belgilangan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, bu maqsadlar uçun qariyb 1,2 milliard dollar mablağ yönaltirilmoqda.
– Bu mablağlarning natijadorligi va qaytimi faqatgina hisoblagiçlarni örnatiş bilan hal bölib qolmaydi. Iste'molçi sarf qilgan energiya resursi hajmini biliş bilan tizimdagi yöqotişlar va öğirliklarga çek qöyib bölmaydi. Buning uçun “energiyani işlab çiqaruvçi – magistral tarmoqlar – taqsimlaş tarmoqlari – iste'molçi” jarayonlarining har bir zanjirini qamrab oluvçi yaxlit onlayn tizimni yaratiş kerak, – dedi davlat rahbari.
Hamma joyda hisoblagiçlar örnatiş, ularga xizmat körsatadigan servislar taşkil etib, uzluksiz işlaşini ta'minlaş, malakali kadrlar tayyorlaş muhimligi ta'kidlandi.
Hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla faollari aholi bilan har kuni işlab, qarzdorlikni vaqtida tölaş, tarmoqqa noqonuniy ulanişlarning oldini oliş böyiça tuşuntiriş işlarini kuçaytirişi lozimligi aytildi.
Bugungi kunda joylarda qariyb 4 million dona elektr energiyasi hisoblagiçi örnatilib, şundan 2 milliontasi yagona elektron bazaga ulangan. Yiğilişda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga yil yakunigaça yana 3,5 million dona elektr hisoblagiç örnatib, 2021 yil 1 martga qadar avtomatlaşgan tizimni töliq işga tuşiriş vazifasi qöyildi.














