Bugun, 16 sentabr kuni Xalq deputatlari Arnasoy tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Yiğilişda Arnasoy tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Jamoliddin Abduğaniyeviç Berdiboyev lavozimidan ozod etildi.

Jamoliddin Berdiboyev (suratda çapda)

Sessiyada Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisining örinbosari Umar Sapayeviç Ismailov iştirok etdi.

Yiğilişda iştirok etgan viloyat hokimi Ergaş Soliyev Arnasoy tumani hokimi lavozimiga Xurşid Şukurullayeviç Alimardanov nomzodini taklif qildi. Deputatlar uşbu nomzodni ma'qulladi.

Xurşid Alimardanov

Xurşid Alimardanov 1979 yilda Baxmal tumanida tuğilgan. 2007 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U 2019 yildan buyon Şarof Raşidov tumani prokurori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib ötamiz, Jamoliddin Berdiboyev Arnasoy tumaniga 2018 yilning aprel oyidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.