Forbes jurnali 2020 yilda dunyoning eng köp daromad oluvçi futbolçilari reytingini e'lon qildi. Naşr reytingida bu safar ham Lionel Messi va Kriştianu Ronaldu yetakçilik qilgan. Jurnal baholariga köra, top-10 futbolçilari oldinda turgan mavsumda jami 570 mln dollar işlab topişadi - bu ötgan mavsumdagi körsatkiçdan 11 foizga köp. Bu summa maoşlar va mukofot pullaridan taşqari, bonuslar va reklama şartnomalaridan keladigan mablağlarni ham öz içiga oladi.
1. Lionel Messi «Barselona»
Jami daromad: 126 million dollar
Maoş: 92 million dollar
Reklama şartnomalari: 34 million dollar

Ötgan mavsum argentinalik futbolçi uçun eng oğir mavsumlardan biri böldi, Messining «Barselona» rahbariyatiga uruş oçdi. Ammo Leo yangi mavsum arafasida heç qayerga ketmadi, demak u yana bir yil davomida şartnoma böyiça 92 million dollar (soliqlar çiqarib taşlanmaganda) işlab topadi. Töğri, 2021 yilda şartnoma muddati yakunlanadi va uning reytingdagi örni özgarişi mumkin.
2. Kriştianu Ronaldu «Yuventus»
Jami daromad: 117 million dollar
Maoş: 70 million dollar
Reklama şartnomalari: 47 million dollar

Ronaldu 35 yoşda. Bu yoşda köplab forvardlar faoliyatini yakunlaşadi, ammo portugaliyalik futbolçi gol urişda, rekordlarni yangilaşda va katta mablağlarni işlaşda davom etmoqda. Kriştianu futbolda yirik reklama şartnomalariga va ijtimoiy tarmoqlarda haddan taşqari katta auditoriyaga ega — 457 million. Unda hali ham katta iştiyoq bor va u yaqinda terma jamoalar safida gol uriş böyiça yangi rekord örnatişi kutilmoqda.
3. Neymar «PSJ»
Jami daromad: 96 million dollar
Maoş: 78 million dollar
Reklama şartnomalari: 18 million dollar
























