Elektr energiyani hisoblaşning avtomatlaştirilgan tizimi orqali elektr ta'minotidagi köplab muammolarga barham beriş közda tutilgan. Jumladan, mazkur tizimni boşqarişda inson omili keskin kamayadi, elektr energiyani hisoblaşda esa bu omil mutlaqo bölmaydi. Umuman, mazkur tizim sohadagi xizmat körsatiş sifatini yangi bosqiçga olib çiqişi kutilmoqda.

Bugungi kunda Buxoro viloyatidagi elektr energiyasi iste'molçilari töliq yangi tizimga ötib böldi. Şu munosabat bilan viloyatda tizimdagi jarayonni közdan keçiriş, dastlabki natijalar bilan tanişiş maqsadida Buxoroda böldik.

Respublika «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari Jahongir Obidjonov elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi (ASKUE) böyiça öz fikrini bildirdi:

«Mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yil 23 oktyabrdagi «Elektr energetikasi tarmoğini jadal rivojlantiriş va moliyaviy barqarorligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga hamda 2019 yil 9 iyuldagi “Yoqilği-energetika sohasida özaro hisob-kitoblarni yanada takomillaştiriş va moliyaviy barqarorlikni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5761 sonli farmoniga asosan amalga oşirilmoqda. 2021 yilning dastlabki yarmiga qadar respublika böyiça 7,4 milliondan ortiq iste'molçilar barçasi elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimiga ulanişi belgilangan.

Bugungaça mamlakat böylab jami iste'molçilarning yarmi yangi tizimga ulangan. Ya'ni respublika böyiça 70 dan ortiq tuman va şaharlarda 3,7 million abonentga ASKUE tizimi orqali elektr ta'minoti xizmati körsatilmoqda.

Tahlil natijalari şuni körsatmoqdaki, yangi tizimda elektr ta'minoti va qarzdorlik bilan boğliq murojaatlar soni 15 baravarga qisqardi. Buning sababi, yangi tizimda debitor qarzdorlikning özi bölmaydi, iste'molçi hisobida mablağ qolmasa aqlli hisoblagiç avtomatik tarzda özi tarmoqdan uziladi. Qaçonki iste'molçi tölovni amalga oşirsa yana işga tuşadi. Natijada sohada debitor qarzdorlik keskin kamaygani kuzatildi. Hisob-kitobning avtomat tarzda aniq amalga oşirilişi ham turli tuşunmovçilik va e'tirozlarga barham bermoqda», deydi Jahongir Obidjonov.  

Siz körib turgan suratda Buxoro viloyatining barça hududidagi energiya ta'minoti holatini kuzatib turiş mumkin.