Qirğizistonning Norin oblastidagi Qora-Keçe kömir konida köçki yuz berdi. Bu haqda mamlakat transport va yöl vazirligi xabar berdi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, köçki hajmi 900 ming kub metrni taşkil etadi. Jarohatlanganlar va qurbonlar yöqligi aytilmoqda.
Mahalliy OAVning xabar berişiça, köçki Diykan - Qora-Keçe avtoyölining 37-kilometrida sodir bölgan. Toğ jinslari Qora-Keçe daryosi özanini tösib qöygan, elektr uzatiş liniyalarini ağdargan va uşbu uçastkadagi yöl ham tösilib qolgan.
«Hozirda tuproq massasi Qora-Keçe daryosiga tuşmoqda. Köçki oqibatlarini bartaraf qiliş böyiça çoralar körilmoqda», - degan transport vazirligi vakili Zarilbek Monoşev.
Qora-Keçe Qirğizistondagi eng yirik kömir konlaridan hisoblanadi. Bu yerdagi kömir zaxiralari 400 mln tonna deb baholanadi.












