Toshkentda elektronika va elektrotexnika sohasida mustaqil o‘quv yurti tashkil etiladi
Toshkentda elektronika va elektrotexnika sohasida mustaqil o‘quv yurti tashkil qilinadi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillardagi amaliy harakatlar rejasi”da aytilgan.
Qayd etilishicha, bunda Koreyaning Ilg‘or texnologiyalar instituti (KAIST), Tokio Ilg‘or texnologiyalar instituti (Yaponiya), «Nanyang» Texnologiya Universiteti (Singapur), «Tsinxua» universiteti (Xitoy) vakillari bilan muzokaralar o‘tkaziladi.
Bildirilishicha, davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida Toshkentda sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash maqsadida, elektronika va elektrotexnika sohasidagi mustaqil o‘quv yurtini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, «Lean menedjment», «Kaydzen», «5S», «Kanban» texnologiya va standartlari asosida kamxarj usullarda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida, ba'zi kam samarali korxonalar tarkibini qayta qurish va bir turdagi texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish mo‘ljallanmoqda.
Bundan tashqari, import qilinayotgan tayyor elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imini joriy etish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish, elektrotexnika sanoatida energiya va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali energiya samaradorligiga erishish va mudofaa sanoatida yangi avlod elektrotexnika mahsulotlari va sanoat jihozlari ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreyada harbiy samolyot halokatga uchradi
Jahon | 18:49
-
Italiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 18:43
-
Samarqandda 15 davlat Markaziy banklari rahbarlari moliyaviy inklyuzivlik va “yashil moliya” bo‘yicha muloqot o‘tkazdi
Iqtisodiyot | 18:41
-
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi
Jamiyat | 18:37
Mavzuga oid

16:10 / 14.04.2025
AQSh Savdo vazirligi: Elektronika tariflaridagi istisnolar - vaqtincha

20:19 / 12.04.2025
AQSh smartfonlar va kompyuterlarni o‘zaro bojlardan ozod qildi

08:15 / 08.09.2023
Xitoy kompaniyalari bilan elektronika yo‘nalishida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

08:51 / 01.09.2023