Norma’ning yozişiça, prezidentning 30.10.2019 yildagi «2030 yilgaça bölgan davrda Özbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qiliş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi PF-5863-son farmoni ijrosini ta'minlaş uçun Davlat ekologiya qömitasining quyidagi takliflari qabul qilindi:

  • raqamli iqtisodiyotga ötiş maqsadida ekologik ekspertizadan ötkaziş uçun har yili taqdim etiladigan 30 mingga yaqin hujjatlarning elektron almaşinuvi tizimini yaratiş töğrisidagi;
  • faoliyat turlarining atrof muhitga salbiy ta'sir körsatişini muhokama qiliş uçun jamoatçilik eşituvlarini ötkazişni amalga joriy etiş töğrisidagi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Atrof muhitga ta'sir körsatişning yuqori (I toifaga mansub), örtaça (II toifaga mansub) va past darajada xavfli (III toifaga mansub), şuningdek, mahalliy darajada ta'sir körsatuvçi (IV toifaga mansub) va davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziladigan faoliyat turlarining röyxati;
  • Atrof muhitga ta'sir körsatişning I, II, III va IV toifalariga mansub faoliyat turlarini davlat ekologik ekspertizasidan ötkazişni taşkil qiliş, ekspertizadan ötkazişga materiallarni tayyorlaş va taqdim etiş, ekspertizani ötkaziş muddatlari, ekspertiza iştirokçilarining huquq va majburiyatlarini belgilaş, şuningdek, ekspertiza xulosasi maqomi va ekspertizani ötkaziş uçun haq tölaşni tartibga soluvçi davlat ekologik ekspertizasi töğrisidagi nizom;
  • Atrof muhitga ta'sir körsatişning I va II toifalariga mansub möljallanayotgan, rejalaştirilayotgan yoki amalga oşirilayotgan faoliyat turlarining atrof muhitga salbiy ta'sirini aholi va jamoatçilik orasida muhokama qiliş uçun jamoatçilik eşituvini taşkil etiş va ötkaziş tartibini, şuningdek, jamoatçilik eşituvi iştirokçilarining huquqiy holatini belgilovçi atrof muhitga ta'sirni baholaş loyihalarini jamoatçilik eşituvlaridan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom.

Davlat ekologiya qömitasi ekspertizani taşkil etiş, davlat va jamoat ekologik ekspertizasi böyiça normativ-texnik hujjatlarni işlab çiqiş uçun mas'ul bölgan davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi vakolatli organ etib belgilandi.
 
Davlat ekologiya qömitasi 2020 yil 1 oktyabrga qadar:

  • özining veb-sayti orqali davlat ekologik ekspertizasidan ötkazişning elektron hujjat almaşinuvi tizimini işlab çiqadi va işga tuşiradi. Tizim işga tuşgandan söng ariza va boşqa materiallarni yozma ravişda qabul qiliş töxtatiladi, maxsus huquqiy rejimga ega obektlar bundan mustasno;