Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzandini maktabga yuborayotgan ota-onalarga tavsiyalar berildi
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Barno Abdusamatova shu kunlarda farzandini maktabga yuborayotgan ota-onalarga qator tavsiyalar berdi.
«Ota-onalar, avvalo, farzandini maktabga yuborishdan oldin ularning sog‘ligiga va ruhiy holatiga albatta e'tibor berishlari kerak. Shu o‘rinda, psixologlar tarafidan bunday uzoq karantindan chiqish uchun vaqt (kamida uch hafta) talab etilishini inobatga olib, sizdan bolaning ruhiy holatiga e'tibor berishingizni so‘raladi.
Farzandingizda o‘tgan vaqt davomidagi o‘zlashtira olmagan bilimlariga yetib olishi uchun paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan stressni yengishga ko‘maklashish kerak. Karantin ta'tilidan keyin bola maktabda yomon baholar olishi mumkin. Bunday holatda unga qattiq tanbeh bermaslikka harakat qiling. Chunki bu bilan siz o‘zingiz bilmagan holda uning o‘ziga kuchli tomonlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga sababchi bo‘lib qolasiz.
Farzandingizning sog‘lig‘ini kuzatib boring va agar unda kasallik belgilari (yuqori tana harorati, hansirash, yo‘tal, hid va ta'm sezmaslik, qorinda og‘riq, ich ketishi) paydo bo‘lsa, uni ta'lim muassasasiga yubormang», degan u.
Shuningdek, bolalarga quyidagi gigiyena qoidalarini o‘rgatish so‘ralgan:
- qo‘llarini sovun va toza suv bilan tez-tez yuvib turish;
- sovun va suv bo‘lmasa, qo‘llar uchun spirt asosidagi dezinfeksiya vositasidan foydalanish (spirt miqdori kamida 60 foiz bo‘lishi kerak);
- faqat toza ichimlik suvidan foydalanish;
- jamoat hojatxonalari hamda uy hojatxonalari tozaligiga e'tibor berish va foydalanish tartibiga rioya qilish;
- chiqindilarni xavfsiz hamda to‘g‘ri yig‘ish, saqlash va utilizatsiya qilish ko‘nikmalari;
- nafas olish gigiyenasiga rioya qilish: yo‘tal va aksirganda og‘iz-burunni mato yoki tirsak yordamida to‘sish;
- kaft bilan yuzga, ko‘zlarga, og‘iz va burunga tegmaslik.
«Ta'lim muassasasi ma'muriyati va pedagoglari bilan ma'lumot almashish maqsadida doimiy muloqotda bo‘lib, maktab xavfsizligini ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlar bilan tanishib, qo‘llab-quvvatlashga harakat qiling», dedi Barno Abdusamatova AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

17:22 / 07.05.2025
«Toza qo‘llar» dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi

13:43 / 09.01.2025
2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi

10:14 / 16.07.2024
Tadbirkorlar jamoat joylari va ijtimoiy obektlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etadi

09:19 / 09.06.2024