Prezidentning “Böstonliq tumanida boşqaruvning alohida tartibini joriy etiş orqali turizmni jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2020 yil 27 avgustdagi  farmoniga muvofiq “Amirsoy” toğ-çanği kurorti majmuasini kengaytiriş böyiça loyihaning 2-bosqiçini amalga oşiriş yuzasidan vazifa belgilangan. Şu maqsadda, loyiha taşabbuskori hamda u tomonidan jalb etilgan xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan umumiy qiymati 75 million yevro bölgan “Amirsoy” toğ-çanği kurort majmuasi barpo etilişining 2-bosqiçi töğrisida hukumat qarori qabul qilindi.

Loyiha doirasida quyidagilarni amalga oşiriş belgilandi:

  • 2400 öringa möljallangan törtta restoran;
  • 105 örinli xonalar fondiga ega bölgan “4 yulduzli” mehmonxona;
  • 101 örinli xonalar fondiga ega bölgan “5 yulduzli” mehmonxona;
  • ofislar va savdo maydonlaridan iborat 500 öringa möljallangan köp qavatli avtoturargoh;
  • osma yöllar, toğ-çanği kötargiçlar, şuningdek, 16,8 km uzunlikdagi toğ-çanği trassalari;
  • toğ sporti, çanği va boşqa jihozlarni ijaraga beriş şoxobçalariga ega bölgan köp tarmoqli markaz;
  • basseynlar va hordiq çiqariş hamda dam olişning mavsumiy turlarini taşkil qiliş uçun maxsus maydonlar.

Şu bilan birga, mazkur loyiha öz muddatida amalga oşirilişini ta'minlaş uçun davlat tomonidan zarur infratuzilma va tarmoqlarni barpo etişda kömak beriladi.

Şuningdek, loyiha taşabbuskoriga quriliş-montaj işlari va kelgusida loyihani ekspluatatsiya qiliş jarayonida noyob tabiiy obektlar va majmualarni, ösimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlaş, faoliyatning atrof-muhitga salbiy ta'sirining oldini oliş va tabiatni muhofaza qilişga oid qonun hujjatlari talablariga qat'iy rioya qiliş böyiça mas'uliyat yuklatildi.

Eslatib ötamiz, osma yöllar, çanği trassalari va joylaştiriş vositalarini barpo etişni öz içiga olgan “Amirsoy” toğ-çanği kurort majmuasi 2019 yil dekabr oyida oçilgandi