Internetda Gvineya Rspublikasi prezidenti, 83 yoşli Alfa Konde köçada hammaning oldida mehnat vazirini döpposlab ketgani videosi tarqaldi.
Uşbu video Milli Gazete turk naşri saytida e'lon qilingan.
Ma'lumotlarga köra, Gvineya prezidenti vazirni öz majburiyatlarini yetarliça darajada bajarmaslikda va işiga sovuqqon munosabatda bölişda ayblab, özini tuta olmay, jahl ustida vazirni köçada ura boşlagan.
Vazir prezidentning zarbalariga çap berib, qoçişga uringan.
Alfa Konde navbatdagi prezident saylovlarida iştirok etişga qaror qilgan. Bu esa uning raqiblari noroziligiga sabab bölgan. Agar Konde saylovlarda ğalaba qozonsa, bu uning prezident lavozimidagi 3-muddati böladi.
2020 yil martda Gvineyada mamlakat konstitutsiyasiga tuzatmalar kiritiş böyiça referendum ötgan edi. Konde tarafdorlarining aytişiça, u bu islohot evaziga yana bir marta saylovlarda qatnaşiş imkonini qölga kiritgan.











