Gvineyada hokimiyat tepasiga kelgan harbiylar yetakçisi Mamadi Dumbuya mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvçi sifatida qasamyod keltirdi.
Marosim vaqtida Dumbuya hukumat tepasida faqat ötiş davrida bölişini va bölajak saylovlarda davlat rahbarligi uçun kuraş olib bormasligini aytdi.
Sentyabr boşlarida polkovnik Dumbuya yetakçiligidagi Gvineya armiyasi maxsus kuçlari 83 yoşli prezident Alfa Konde ağdarilgani va hukumat tarqatib yuborilganini e'lon qilgandi. Kondening özi hibsga olindi.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş va Yevropa ittifoqining taşqi işlar böyiça oliy vakili Jozep Borrel Gvineyadagi töntaruvni qoralab, harbiylarni Kondeni ozod qilişga çaqirdi.












