Sovuq mavsumda uçraydigan asosiy yuqumli kasalliklar bu – gripp va ÖRVI (ötkir respirator virusli infeksiya) sanaladi. Öxşaş jihatlari köp bölsa-da, bu ikkisi boşqa-boşqa kasallik.
Gripp – yuqumli respirator kasallik, qözğatuvçisi – gripp virusi. Qişda va erta bahorda köp kuzatiladi.
ÖRVI – ötkir respirator virusli infeksiyalar guruhi. Bu guruhga respirator-sinsitial infeksiya, rinovirus, adenovirus va yuqori nafas yöllarining boşqa infeksiyalari kiradi.
Har ikki kasallik ham havo-tomçi yöli orqali va bemor bilan kontaktga kirişganda yuqadi. Ikkovining belgilari juda öxşaş, ammo gripp xavfliroq.
ÖRVIning asosiy belgilari:
- burun bitişi;
- tomoqdagi oğriq va yötal;
- aksiriş.
Grippning asosiy belgilari:
- bir neça kun davom etuvçi yuqori isitma;
- tananing qaqşab oğrişi;
- yaqqol namoyon böluvçi holsizlik.
Har ikki kasallikda ham yötal, boş oğriği va holsizlik kuzatiladi.
ÖRVI va grippning namoyon bölişidagi asosiy farq – grippda tana haroratining keskin kötarilişi kuzatiladi.
ÖRVI öz vaqtida töğri davolansa, asoratlarsiz keçadi. Ammo grippning oğir şakllarida asoratlar, xususan, pnevmoniya yuzaga kelişi mumkin.
Gripp oğir şaklga ötmasligi va asorat qoldirmasligi uçun quyidagi holatlarda şifokorga murojaat qiliş şart.
Bolalarda – nafas olişning tezlaşişi, rangparlik yoki teridagi kökimtirlik, suv içişdan boş tortiş, uzoq vaqt uxlaş, jizzakilik, ozgina tuzalişdan keyin kasallik belgilarining birdaniga qaytalanişi, toşma bilan keçuvçi isitma kuzatilsa.
Kattalarda – nafas olişning qiyinlaşuvi va nafas yetişmovçiligi, kökrak va qorin qismidagi oğriq, tösatdan kuzatiluvçi boş aylanişi, kuçli va davomli qusiş, tafakkurning xiralaşuvi, kasallik yengillaşa boşlaganda yana belgilarning paydo bölişi.












