AQŞ prezidenti Donald Tramp WikiLeaks asosçisi Julian Assanj demokratik partiya serverlarida saqlangan maktublar matnini kimdan olganligini ma'lum qiladigan bölsa, uni afv etişi mumkinligini aytdi. Bu haqda Assanjning advokatiga asoslanib Reuters xabar bermoqda.

 2016 yilda demokratik partiya serverlarining buzilişi va ulardagi yopiq ma'lumotlarning çop etilişi Xillari Klintonning saylovoldi kampaniyasiga salbiy ta'sir qilgan omillardan biri bölgandi. Klintonning özi ma'lumotlar sizib çiqişini mağlubiyatining asosiy sabablaridan biri bölganligini aytgan va serverlar buzilganligi uçun javobgarlikni «rossiyalik xakerlar»ga yuklagandi. 

 Assanj 2016 yil oktyabrda AQŞdagi prezident saylovi bilan boğliq maxfiy ma'lumotlarni haftada bir marta çop etişga va'da bergandi. Xususan, WikiLeaks portali Klintonning saylovoldi ştabi rahbari Jon Podestaning yozişmalarini 21 oktyabrdan, prezident sayloviga ikki hafta qolganida e'lon qilgan.

AQŞ maxfiy xizmatlari demokratik partiya serverlariga uyuştirilgan hujum uçun javobgarlikni Rossiyaga yuklagan. Rossiya AQŞdagi prezident sayloviga aralaşganligi töğrisidagi barça ayblovlarni rad etgan.