Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Yer osti boyliklar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qonunning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
yer osti boyliklari davlat mulki ekanligi huquqini himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish;
yer osti boyliklaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;
yer osti boyliklaridan oqilona va ehtiyotkor foydalanishni ta'minlash;
yer osti boyliklaridan foydalanishda olib borilayotgan ishlar xavfsizligini, atrof muhit va yer osti boyliklarini muhofaza qilishni ta'minlash;
yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar huquqi va davlat manfaatlariga rioya qilish;
yer osti boyliklaridan foydalanish barqaror rivojlanishi uchun huquqiy asoslarni ta'minlash;
yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish;
yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida qonuniylikni mustahkamlash.
Yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida munosabatlarni tartibga solish quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
yer osti boyliklari davlat fondini oqilona boshqarish prinsipi;
yer osti boyliklaridan foydalanishda ekologik xavfsizlikni ta'minlash prinsipi;
yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida ma'lumotlardan foydalanish ochiqligi prinsipi;
yer osti boyliklaridan foydalanishning pullilik prinsipi;
yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarining vijdonlilik prinsipi;
yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari barqarorligi prinsipi.
Yer osti boyliklari davlat fondini oqilona boshqarish davlatni iqtisodiy o‘sishi va jamiyatni boyitish maqsadida yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini taqdim etish bilan ta'minlanadi.

















