Buyuk Britaniya qiroliçasi manfaatlari ostida London ğarbi va mamlakatning qişloq hududlaridagi köçmas mulklarni boşqaruvçi Britaniya toji (Crown Estate) mulklari qiymati karantindan söng 716 mln dollarga pasaydi.

Crown Estate hisobotiga köra, 2019/20 yilda London karantinga ötib, dökonlar yopilgaç va ijara pullari tölanmagani bois qiroliça portfeli qiymati 1,2 foizga tuşgan va 17,4 mlrd dollarni taşkil etgan.

Qayd etilişiça, savdo sohasidagi noqulay vaziyatga qaramasdan, Crown Estate ötgan yili oz bölsa-da daromadga erişgan. Taşkilot ijroçi direktori Den Labbad daromad avvalgi yilga nisbatan 0,4 foizga ösgani va 447 mln dollarni taşkil etganini ma'lum qildi.  

2010 yildan buyon rasman «Suveren mulki» deb ataluvçi Toj mulki Londonning Vest-End rayonidagi obektlar, Vindzordagi mulklar va Askot ippodromini boşqaradi. Crown Estate 1961 yildan buyon mustaqil tijorat taşkiloti hisoblanib, daromadini moliya vazirligiga topşiradi. Hisob-kitoblarga köra, taşkilot oxirgi ön yilda Britaniya ğaznasi uçun 3,7 mlrd dollar işlab bergan. Bu mablağlar qiroliça şaxsiy mulkining qismi hisoblanmaydi. 

Crown Estate şuningdek, barça xodimlariga yillik mukofotlar tölanişini keçiktirganini ma'lum qilgan. Boşqaruv a'zolari va rahbarlari oylik maoşlarining vaqtinçalik 20 foizga qisqartirilişiga rozi bölgan.

Forbes hisob-kitobiga köra, 2019 yil may oyida qiroliçaning şaxsiy boyligi miqdori 500 mln dollarni, Britaniya monarxiga tegişli mulklarning umumiy qiymati 25 mlrd dollarni taşkil etgan.